“BIRLAŞIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ” — “MA’RIFAT KARVONI” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Samarqand şahridagi barça umumiy örta ta’lim maktablari hamda davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida belgilangan reja grafik asosida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ötkazilgan bayram tadbiridagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkazişga qaratilgan “Birlaşib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari taşkil etilmoqda.
Tadbirlarning asosiy maqsadi — yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini yuksaltiriş, xalqimizning boy tarixiy merosi va bugungi taraqqiyot yutuqlarini keng tarğib qiliş, şuningdek, jamiyatda birdamlik, hamjihatlik va kelajakka işonç ruhini mustahkamlaşdan iborat.
“Ma’rifat karvoni” doirasida taşkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar, davra suhbatlari, tarğibot tadbirlari va oçiq muloqotlarda Prezidentimiz ma’ruzasida ilgari surilgan 7 ta ustuvor yönalişning mazmun-mohiyati keng yoritilmoqda.
Tadbirlar davomida ta’lim-tarbiya sifatini oşiriş, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani asrab-avaylaş, jamiyatda tinçlik va totuvlikni mustahkamlaş, bunyodkorlik va taraqqiyotga daxldorlik hissini kuçaytiriş kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlarga pedagoglar, tarbiyaçilar, öquvçilar, maktabgaça ta’lim taşkilotlari jamoalari, ota-onalar hamda keng jamoatçilik vakillari jalb etilib, ularda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş, yoş avlodni vatanparvarlik va ezgu maqsadlar ruhida tarbiyalaş masalalari muhokama qilinmoqda.
“Birlaşib, buyuk tarix yaratamiz” ğoyasi xalqimizni yagona maqsad yölida birlaştiriş, yoşlarimizni ulkan marralar sari ruhlantiriş hamda Yangi Özbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga çorlaydi.
Zero, buyuk kelajak — bilimli va ma’rifatli avlod, mustahkam birlik, ezgu taşabbuslar hamda umumiy maqsadlar sari birgalikda intiliş bilan bunyod etiladi.
Birlik bor joyda — baraka, ma’rifat bor joyda — taraqqiyot, hamjihatlik bor joyda — yuksaliş bor!

.jpg)
