Maktab direktorlari bilan ustuvor vazifalar va dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov raisligida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari direktorlari bilan muloqat o'tkazdi.
Muloqot davomida ta’lim muassasalari faoliyati, o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish hamda tashkiliy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Olimpiada jarayonlarini yuqori tashkiliy saviyada, xolislik va shaffoflik prinsiplari asosida o‘tkazish, iqtidorli o‘quvchilarni adolatli saralash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
O‘quvchilar xavfsizligi va tadbirlarga kelib - ketishi nazorati bo'yicha bir qator ko'rsatmalar berilida. Olimpiada va turli tadbirlarga jalb etilayotgan o‘quvchilarning xavfsizligini birinchi navbatdagi vazifa sifatida ko‘rib chiqish, ularni belgilangan manzillarga o‘z vaqtida va mas’ul xodimlar hamrohligida xavfsiz yetkazib borish majburiyati yuklatildi.
Maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘ topish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha topshiriqlar berildi.


