“Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi amalda!
Samarqand shahar 3-sonli DMTTda loyiha doirasidagi ishlar jadal davom etmoqda. Tarbiyalanuvchilar kuz fasliga mos rasmlar chizish, uy va inson maketlarini yaratish, “Shifokor-shifokor” kabi rolli o‘yinlar orqali o‘z tasavvurlari, ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Albatta, jarayonning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Guruhlardagi bolalar soni va markazlar uchun joy imkoniyatlari sababli ba’zan o‘yinchoqlarni bo‘lishish, kelishmovchiliklar va tortishuvlar kuzatilmoqda. Bu esa bolalarda navbat kutish, o‘zaro kelishish va his-tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagogik yondashuvni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Asosiy maqsadimiz bolaga tayyor bilim berish emas, balki uning mustaqil izlanishi, ijod qilishi va o‘yin orqali o‘rganishi uchun imkoniyat yaratishdir. Pedagoglarimiz ham ushbu jarayonga bosqichma-bosqich moslashib, bolalarning xavfsizligi va mazmunli faoliyatini ta’minlash ustida ishlamoqda.


