Joriy yilning 21-iyul kuni Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi tomonidan 9- va 45-umumiy о‘rta ta’lim maktablarining faollar zalida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari hamda о‘rinbosarlariga “Takomillashtirilgan “ILK QADAM” 2026 Milliy о‘quv dasturiga kirish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda ishtirokchilar “Ilk qadam” davlat о‘quv dasturining uchinchi nashri bilan tanishib, unga kiritilgan asosiy qо‘shimchalar va о‘zgarishlar haqida ma’lumot olishdi.
Bundan tashqari seminar ishtirokchilariga erta ta’lim va rivojlanish maqsadlari tо‘liq tushuntirib berildi.


