"Suv – obi-hayot" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
Samarqand shahar 6-son DMTTda "Yozgi sog'lomlashtirish oyligi" doirasida tashkil etilgan "Suv – obi-hayot" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodning suvning hayotdagi beqiyos o‘rni, uning inson salomatligi, ekologik barqarorlik hamda tabiatni asrashdagi ahamiyati haqidagi bilimlarini yanada boyitishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida bolalarga suvdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha qiziqarli tushunchalar berildi.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiat boyliklariga mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lish va sog‘lom hayot tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

