88-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy sharoitlar tashkil etiladi
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov "Vokzal orti" hududi, Ipak yo‘li mahallasida bo‘lib, 88-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar hamda hududda amalga oshirilayotgan renovatsiya ishlari bilan tanishdi.
Shahar rahbari bog‘chaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhiti yaratish kerakligiga to‘xtaldi.
Shuningdek, hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va hudud infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

