2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

TAJRIBA VA HAMKORLIK KO‘PRIGI: MAKTABGACHA TA’LIMDA YANGI BOSQICH

2026-yilning 16-aprel kuni Samarqand shahridagi 71-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida soha mutaxassislari va rahbarlar ishtirokida "Tajriba va hamkorlik ko‘prigi" mavzusidagi shahar seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur amaliy muloqot maydonida shahar miqyosidagi 104, 36, 55, 120, 15, 22, 11 va 58-DMTT direktorlari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Tadbir ertalab soat 8:00 dan boshlanib, ishtirokchilar DMTT hududidagi sharoitlar bilan tanishdilar va bolajonlarni ertalabki qabul qilish jarayonini bevosita kuzatdilar. 
Shundan so‘ng:
 Bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona chiqishlar mehmonlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
71-DMTT direktori  Nasiba Baratova tomonidan "DMTT va maktab hamkorligini rivojlantirishda direktorning liderlik kompetensiyalari" mavzusida keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. Unda zamonaviy rahbarning pedagogik jamoani boshqarishdagi o‘rni tahlil qilindi.
Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi I. Xolboyeva tomonidan oy va hafta mavzulariga mos ravishda tayyorlangan interaktiv ochiq dars namoyish etildi. Mashg‘ulotda innovatsion metodlar va bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari ko‘rsatib berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim va maktab o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, direktorlarning boshqaruv mahoratini oshirish hamda tarbiya jarayoniga yangi metodikalarni tatbiq etish bo‘yicha muhim xulosalarga keldilar.

Bu kabi amaliy seminarlar shahar maktabgacha ta’lim tizimining sifati va samaradorligini oshirishda mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.