2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Xabaringiz bor (https://t.me/uzedu/38017), “Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi o‘tgan yilning avgust–dekabr oylarida tashkil etilgan malaka sinovlari bilan integratsiya qilingan holda o‘tkazildi.

Ayni vaqtda ishtirokchi pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi o‘z shaxsiy kabinetlari orqali tanlovning birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va o‘rin) bilan tanishishlari mumkin.

 Ma’lumot uchun: tanlovning birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkaziladi.
https://t.me/uzedu/39852

 Shuningdek, o‘z natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar ushbu natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi o‘z shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

 Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi:
https://lex.uz/docs/7500938