2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

Breadcrumb Background
Asosiy sahifa Yangiliklar

Yangiliklar

Samarqand shahrida ta’lim infratuzilmasi mustahkamlanmoqda: yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand shahrida ta’lim muassasalarining yangi binolarini foydalanishga topshirish tadbirlari davom etyapti. 

Shaharning So‘fi Roziq mahallasida joylashgan 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 240 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu binoning qurilishi natijasida maktab quvvati 760 o‘ringa yetdi, ta’lim koeffisiyenti esa 1,2 gacha pasaydi va 17 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.