Samarqand shahrining Tojmahal mahallasi hududida joylashgan 39-umumiy oʻrta ta'lim maktabining 240 oʻrinli qoʻshimcha yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi oʻquv binosining ishga tushishi natijasida maktabning quvvati 690 oʻringa yetadi va qoʻshimcha 17 ta yangi ish oʻrni ham yaratiladi.
Tadbirda shahar rahbari Fazliddin Umarov so‘zga chiqib, taʼlim sifatini oshirish yo‘lida imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilishiga to‘xtaldi.


