DIQQAT, Telegramda "bepul premium berilmoqda" degan yolg‘on havolalar tarqalmoqda. Bu — firibgarlarning tuzog‘i!
Bu qanday ishlaydi?
1. Sizga shubhali havola (link) yuborishadi.
2. Saytga kirganingizda telefon raqamingizni so‘rashadi.
3. So‘ng Telegram ilovangizga kelgan tasdiqlash kodini kiritishni so‘rashadi. Agar kodni kiritsangiz, akkauntingiz firibgarlar qo‘liga o‘tadi!
O‘zingizni qanday himoya qilish kerak?
1. Telegram sozlamalarida "Ikki bosqichli tekshiruv" (Dvuxetapnaya autentifikatsiya) funksiyasini albatta yoqib qo‘ying.
2. Hech qachon shubhali havolalarga kirmang.
3. Telegramdan kelgan 5 xonali tasdiqlash kodini hech kimga va hech qanday saytga kiritmang.
Yaqinlaringizni ham ogohlantiring!
