Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING SAMARQAND SHAHAR BOSQICHIGA START BERILDI!.

 15–27-oktabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan mazkur olimpiada Samarqand shahrida onlayn formatda tashkil etiladi.

Shu sababli joriy yilda asosiy fan olimpiada ilk bor school21 raqamli texnologiyalar maktabi bilan hamkorlikda onlayn ko‘rinishda tashkil etilmoqda.
Bunda barcha zarur choralar zamonaviy kompyuterlar, tezkor internet, uzluksiz elektr energiya ta’minoti kabi barcha tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi sentabr oyida bo‘lib o‘tdi va maktab bosqichida 30 000 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi hamda 4 968 nafar o‘quvchilar g‘olib deb topilib shahar bosqichida ishtirok etish saralab olindi.

Bugun o‘quvchilar Geografiya fanidan bilimlarni sinovdan o‘tkazadi

 Ushbu olimpiada o‘quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Z.Nuriddinov tadbirning ochilish marosimida ishtirokchilarga yuksak marralar tiladi.

 

​