Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Har payshanba – “Yoshlar kuni”

 “Yoshlar kuni” hamda “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” tadbirlari doirasida 2026-yil 16-iyul kuni Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z. Nuriddinov Samarqand shahridagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
 Tashrif davomida tadbirkorlar tomonidan kasbga o‘qitish yo‘nalishidagi to‘garaklarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda o‘quvchi-yoshlarning ushbu faoliyatda erishayotgan yutuqlari ko‘zdan kechirildi.
 Shuningdek, turli kasblar bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning tashabbus hamda g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.