Ta’til – yangi imkoniyatlar davri
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shahrimizda ham ushbu loyiha doirasida ta’lim muassasalari, madaniyat maskanlari, sport inshootlari va tarixiy obidalar yoshlar uchun haqiqiy bilim va tarbiya maydoniga aylanmoqda.
Maktablarda fan, sport, san’at, kitobxonlik, axborot texnologiyalari hamda ijodiy yo‘nalishlarda tashkil etilgan to‘garaklar o‘quvchilarning yozgi kunlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashi va qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

