Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Har payshanba – Rahbar va yoshlar uchrashuvi kuni

 Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan shahardagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlari doirasida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” va “Yoz o‘tmoqda soz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlov o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, ularning dunyoqarashi, mustaqil fikrlash qobiliyati va ijodiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladi.
 Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida Samarqand shahar prokuraturasi hamda hamkor tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi.
 G‘oliblar Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining diplomlari hamda va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.