O‘quvchilar uchun tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tashabbusi bilan shahardagi Yangi hayot mahallasida joylashgan 61-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun diqqatga sazovor joylar hamda tarixiy obidalariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Xizr masjidi hamda Registon maydonida bo‘lib, ulug‘ ajdodlarimizning boy ilmiy merosi, tarixiy obidalar va milliy madaniyatimizning noyob namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarning tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishiga ishonamiz.

