Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Samarqandlik ustozlar Islom sivilizatsiya markazida

🔵 Новость 03 июл. 2026

Samarqandlik ustozlar Islom sivilizatsiya markazida
 
 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri о‘rinbosari F.Boqiyev tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 14-umumiy о‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan 53 nafar pedagog xodimlar bugun poytaxtimizda joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi.
 
 Ishtirokchilar sayohat davomida markazdagi tarixiy eksponatlar hamda yurtimizning buyuk allomalari, ularning ilmiy merosi hamda milliy madaniyatimizning noyob namunalari haqida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishdi.
 
 Bundan tashqari sayohatchilarimiz Zangi Ota ziyoratgohi hamda Hastimom majmualariga ziyorat qilishdi. Ushbu sayohat pedagoglarning tarixiy-madaniy merosimiz haqidagi bilimlari, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishda muhim ahamiyatga egadir.