RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi 16-DMTTdagi holat yuzasidan shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Bogʻimaydon mahallasi hududidagi 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlarining yakuniga yetkazilmaganligi hamda mavjud kamchiliklar toʻgʻrisidagi ushbu murojaat bo'lim masʼullari tomonidan zudlik bilan joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganishlar natijasida postda keltirilgan kamchiliklar hamda qurilish jarayonidagi "chala" qolgan ishlar shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maxsus ta'mirlash ekspluatatsiya xodimlari tomonidan bartaraf etildi.
Quyidagi DMTTning hovli yuzasi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, qumlar bolalar o'yin maydonchalariga to'shaldi, suv oqava tarmog'i uchun qilingan chuqurlar to'ldirildi (bolalar uchun xavfsiz), bino ichidagi eshik romlari to'g'irlandi.
Fuqarolarimiz va jamoatchilik vakillarining taʼlim muassasalari holatiga boʻlgan eʼtibori va faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Новость
RASMIY MUNOSABAT
🔵 Новость
29 июн. 2026