Oliy toifali oʻqituvchilar uchun magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi
➖ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarni maqsadli magistraturaga qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra:
oʻqish jarayonlari ustozlarning ishidan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida yoʻlga qoʻyiladi;
maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
pedagoglar magistraturani tugatgandan so‘ng 3 yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladilar.
Eslatma: Oliy toifali o‘qituvchilar hukumatning 2026-yil 24-iyunidagi 322-sonli qaroriga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulini davlat budjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.