BITIRUVCHILARIGA SHAHODATNOMA VA ATTESTATLARINI TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Bugun - yillar davomida orttirilgan bilim, mehnat va sabrning munosib e’tirofi bo‘lgan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Bitiruvchilarimiz qo‘llariga shahodatnoma va attestatni olar ekanlar, qalblarida quvonch, hayajon va kelajakka bo‘lgan ulkan ishonch mujassam edi.
Maktab dargohida o‘tgan har bir kun, ustozlarning fidokorona mehnati, ota-onalarning cheksiz mehr va qo‘llab-quvvatlashi bugungi muvaffaqiyatlarning mustahkam poydevoriga aylandi. Endi esa bitiruvchilarimiz oldida yangi ufqlar, yangi marralar va yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Aziz bitiruvchilar! Sizlarga hayot yo‘lingizda ulkan zafarlar, ezgu maqsadlaringizga erishish, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib xizmat qilishingizni tilaymiz. Maktabimiz sizlarning yutuqlaringiz bilan doimo faxrlanadi.
Yodda tuting; haqiqiy muvaffaqiyat nafaqat mukofotlar, balki halollik, masʼuliyat va yaxshi inson boʻlib qolish bilan oʻlchanadi.
Biz siz bilan faxrlanamiz! Kelajagingiz yorugʻ, yoʻlingiz oq boʻlsin!
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!
Eʼtiboringizga bugun bizning Samarqand shahar MMTB tasarrufidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabimizda 9–11-sinf bitiruvchilari uchun «Oq yo‘l senga bitiruvchi!» shiori ostida tantanali ravishda shahodatnoma va attestatlarni topshirish marosimi jarayonidan foto lavhalarni taqdim etamiz.


