Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

 

Tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi!

 “Turon” maktab teatri tanlovining yakuniy — Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

 Tuman-shahar va hududiy saralash bosqichlaridan yoʻllanma olgan 14 ta jamoa Respublika bosqichida oʻz isteʼdod va mahoratlarini namoyish etdilar. Qizgʻin bahslar natijasida eng kuchli jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

 1-oʻrin — Samarqand viloyati, Samarqand shahri 80-maktabning “Turon” jamoasi;

 2-oʻrin — Buxoro viloyati, Kogon shahri 3-maktabning “Elegant” jamoasi;

 3-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani 55-maktabning “Tan nuri” jamoasiga nasib etdi.