“Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichida Samarqand viloyati jamoasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho merosi — “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) asari asosida sahna ko‘rinishini namoyish etdi.
Asarda aks etgan yuksak ma’naviy g‘oyalar, ezgulik, komillikka intilish va o‘zlikni anglash kabi mavzular yosh ijodkorlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.
Jamoa a’zolarining aktyorlik mahorati, sahna madaniyati va obrazlarni jonli talqin etishi tomoshabinlar hamda hakamlar hay’ati tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
San’at va ma’rifat uyg‘unlashgan sahnada yosh iste’dodlar porlamoqda.