Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Samarqand shahridagi ta’lim tashkilotlarida kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholini virtual muhitdagi kibertahdidlardan ogohligini oshirish maqsadida joriy yil 4-maydan 4-iyunga qadar “Kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.

“Kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida
- bog‘chalar va maktablarda ota-onalar ishtirokida kiberxavfsizlik, shaxsiyma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari va internet orqali sodir etiladiganfiribgarlik holatlari bo‘yicha yig‘ilish va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi;
–o‘qituvchi va tarbiyachilar ishtirokida seminarlar o‘tkazish, “Kiberxavfsizlikhaftaligi”, “Onlayn firibgarlikka qarshi kurash!” kabi ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilishi;
– biriktirilgan xodimlar va informatika o‘qituvchilari tomonidan ta’limmuassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar va tarbiyachilar o‘rtasida kiberxavfsizlik vakibermadaniyatga oid tushuntirish ishlarini olib borilishi;
– maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolaridagi axborot burchaklari,monitorlar, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy saytlar orqali kiberxavflarga oidogohlantiruvchi axborotlarni joylashtirilishi;
– yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn xavfsizlik, kiberhimoya, shaxsiyma’lumotlarni himoya qilish va internet firibgarligi bo‘yicha maxsus o‘quv soatlariva ochiq darslar tashkil qilinishi;
– ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonlariga xalal bermagan holda kiberjinoyatlarhaqida tushunchalar berish, o‘quvchi-yoshlarga, 5 daqiqalik videoroliklarnamoyishini tashkil etilishi vazifasi berildi.