Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Shahardagi 77-maktabda yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi

Samarqand shahrida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar doirasida Sayhun mahallasida joylashgan 77-umumta’lim maktabida 360 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etildi.

Loyiha doirasida 4 milliard 320 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, zamonaviy talablarga javob beradigan barcha sharoitlar yaratildi.

Tadbirda shahar rahbari Fazliddin Umarov hamda jamoatchilik vakillari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Yangi bino ishga tushirilishi natijasida maktabning quvvati 900 o‘ringa yetdi. 1052 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ta’lim muassasasida qo‘shimcha 21 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirda maktab hududiga daraxt ko‘chatlari ham ekildi.