May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Yozgi ta’tilda xalqaro tajriba:
Maktablarda xorijlik mutaxassislar ishtirokida to‘garaklar yo‘lga qo‘yildi
.

Bugungi kunda shahardagi 2-, 14-, 23-, 32-, 37-, 54-, 79-, 80-umumta’lim maktablarida yozgi ta’til davrini o‘quvchilar uchun unumli tashkil etish, ularning xorijiy tillar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashlariga ko‘maklashish maqsadida xalqaro mutaxassislar ishtirokida maxsus to‘garaklar va yozgi oromgohlar faoliyat olib bormoqda.

Mazkur tashabbus Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda xalqaro hamkor tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari asosan xorijiy tillarda so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish (Speaking clubs), STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda o‘quvchilarning yetakchilik va tanqidiy fikrlash (Soft skills) qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan.

E’tiborli jihati, ushbu jarayon faqatgina o‘quvchilar bilan cheklanib qolmay, maktab pedagoglari uchun ham malaka almashish, dars o‘tishning innovatsion usullarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi yozgi to‘garaklar yoz mavsumi yakuniga qadar reja asosida davom etadi.