May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Z.Nuriddinov 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9- sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.
Suhbat jarayonida yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, kelajakda kasb tanlash, oliy ta’limga kirish masalalari hamda ularni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar hamda mutasaddi tomonidan ularning savollariga atroflicha javob berildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.