SAMARQANDDA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI – 2026” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA
Samarqand shahridagi 98-DMTTda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2026” respublika tanlovining viloyat bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda tanlovning ikkinchi sharti — loyiha taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 72 nafar tarbiyachi o‘z bilim va tajribasi bilan o‘zaro bellashmoqda.
Jarayonlar oldidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning birinchi sharti — test sinovlari kecha o‘tkazilgan bo‘lib, unda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jami 77 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Mazkur tanlov 3 ta shart asosida tashkil etilgan bo‘lib, sinovlar bosqichma-bosqich tarzda 8-mayga qadar davom etadi.

