“Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi davom etmoqda
Samarqand shahrida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi doirasida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik davomida shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari shahardagi oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurmoqda.
Tashriflar davomida o‘quvchilar OTMlarning o‘quv jarayoni, mavjud yo‘nalishlar, zamonaviy infratuzilma hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlarga kasb tanlash, kelajak rejalari va ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Mazkur tadbirlar yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ongli tanlov qilishlariga ko‘maklashish hamda ularni oliy ta’limga yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.

