Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Mazkur yig‘ilishda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va malaka toifalari, tashkilotlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari, xodimlar hamda tarbiyalanuvchilarning kunlik davomati holati, ota-onalar tomonidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik masalalari, shuningdek, ijro intizomi holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida boshqa dolzarb masalalar ham muhokama etildi.


