May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblari taqdirlandi.

Samarqand shahar hokimi o’rinbosari F.Nishonov ushbu taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil qilish belgilangan. Ushbu tanlov xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, o‘quvchilarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir.

Joriy o‘quv yilida ham ushbu tanlov yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

1-o‘rinni 81-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi va 100.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. 

2-o‘rinni 33-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi va 75.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. 

3-o‘rinni 30-maktab jamoasi qo‘lga kiritdiva 50.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.