May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Samarqand shahridagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i  J.Ishmurodov ishtirok etib, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilar hamda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan sobiq bitiruvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi.

 Uchrashuv davomida yoshlar o‘z tajribalari, erishgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

 Ma’lumot o'rnida:
— 7 284 nafar bitiruvchidan 40 nafari muddatidan oldin xalqaro OTMlarga qabul qilingan
— 1 042 nafar (14,2%) bitiruvchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega
— 1 nafar o‘quvchi 6 ta, 13 nafari 5 ta, 46 nafari 4 ta imtiyoz beruvchi sertifikat sohibi

 Tadbir yakunida ilg‘or bitiruvchilar orqali ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

 Barcha bitiruvchilarga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!