May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

SUN’IY INTЕLLЕKT: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

 Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Samarqand shahar umumiy o'rta ta'lim maktablari informatiklari ishtirokida dolzarb mavzuda seminar tashkil etildi.

 Seminar “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusiga bag‘ishlanib, unda pedagoglar va o‘quvchi-yoshlarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 Bugun sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim, iqtisodiyot va kundalik hayotga jadal kirib kelmoqda. Matn yaratish, tahlil qilish, murakkab hisob-kitoblarni bajarish kabi imkoniyatlar kengaymoqda.

 Shu bilan birga, sun’iy intellekt orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jinoyatlar va kiberxavflar ham tobora ortib bormoqda.

 Seminarda ishtirokchilarga:
ehtimoliy xavflar
ulardan ogoh bo‘lish yo‘llari
amaliy himoya choralari
batafsil tushuntirildi.

Mazkur o‘quv-seminar “kaskad” usulida hududlarda davom ettirilib, barcha pedagoglar va o‘quvchilarga yetkazilishi rejalashtirilgan.