May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

 “Kitobsevar millat” — ma’naviyat poydevori!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish hamda kutubxonalarni zamonaviy va mazmunli adabiyotlar bilan boyitish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Shu munosabat bilan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarida qator samarali tadbirlar tashkil etilmoqda.

 Kutubxonalarda yangi nashrlar va tarjima asarlar bilan tanishtiruvlar,
 O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlari va davra suhbatlar,
 “Eng faol kitobxon” va “Eng namunali kutubxona” kabi nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirish ishlari,
 Kutubxona mudiralari tomonidan kitob fondlarini boyitish va targ‘ib qilish bo‘yichabir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Ushbu tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

 Kitob — bilim manbai, ma’naviyat kaliti!