May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Tajriba va hamkorlik maydoni.

Samarqand shahridagi umumtaʼlim maktablari faoliyatini tahlil qilish hamda ularga metodik yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etilgan "direktorlar shuʼbasi" bir necha oylardan beri faoliyatini davom ettirmoqda. 
Bugun shuʼba aʼzolari Samarqand shahridagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurdi. 
Metodik kun doirasida bir qator darslar kuzatilib, taʼlim jarayoni chuqur oʻrganildi. Ushbu tashrif davomida mutaxassislar oʻqituvchilarning dars oʻtish uslubi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasi va oʻquvchilarning faolligini tahlil qilishdi. Kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, darslar mazmunan boy va interfaol usullarga asoslangan holda tashkil etilganligi alohida eʼtirof etildi. 
Oʻquvchilarning darslarga qiziqishi, mustaqil fikrlashi va faol ishtiroki taʼlim sifatining muhim koʻrsatkichlari sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, maktabimizda oʻz faoliyatini boshlagan xorijlik oʻqituvchi Rasoul Saeidining dars jarayonlari ham kuzatildi va ushbu hamkorlik taʼlim tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi .

Shuningdek, metodik kun davomida oʻqituvchilarga amaliy va metodik tavsiyalar berilib, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu esa pedagoglar oʻrtasida tajriba almashish va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.