Samarqand shahrida yana bir zamonaviy ta’lim maskani foydalanishga topshirildi
Samarqand shahrida bir qator ta’lim muassasalarining yangi binolarini foydalanishga topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Maqsud Shayxzoda mahallasida joylashgan 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 240 o‘rinli binosi to‘liq rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Yangi o‘quv binosining ishga tushirilishi natijasida maktabning umumiy sig‘imi 690 o‘ringa yetdi. Bu esa ta’lim olish koeffisiyentini 1,4 gacha pasaytirish imkonini berdi. Shuningdek, qo‘shimcha 13 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


