May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

FILOLOGIYA FANLARI YO'NALISHIDA O'QUV-AMALIY SEMINAR 

Joriy yilning 26-mart kuni Samarqand shahar va Samarqand tuman MMTB hamkorligida,Samarqand shahar 45-maktabida,ingliz tili,fransuz tili, tojik tili va adabiyoti fani o'qituvchilariga "Ustoz mahorati:ilg'or tajribalar orqali yuksalish" shiori ostida viloyat seminari tashkil etildi.  
SVPMM metodistlari tomonidan 
 "O'qituvchilarning ilg'or  tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi";
"KRK va KRS mavzulari tahlili";
"Sun'iy intellekt effekti" mavzularida taqdimotlar va amaliy mashg'ulotlar o'tildi.
Mavzular asosida  ommalashtirishning yangi tartibidagi o'zgarishlar,KRK va KRS tadbirlari natijalari va sun'iy intellekt dasturlardan to'g'ri foydalanish bo'yicha tushunchalar tahlil qilindi.
Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad,pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, ularga haqiqiy tajriba orqali metodikalarni o'rgatish, taʼlim sifatini oshirish va o'qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni targ'ib qilishdan iborat.