Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinovning "Shaxriobod" va "Sarbadorlar" mahalla yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning kelajakdagi orzu maqsadlari, taklif va muammolari tinglandi.
Yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim sifati, to‘garaklar faoliyati, IT yo‘nalishidagi imkoniyatlar va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha taklif va fikrlarini bildirishdi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim masalalar ijroga yo‘naltirildi.
Yakunda yoshlarga doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, bilim olishga intilish va jamiyat hayotida faol bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

